Qozogʻiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
Oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida davlatimiz rahbari kutib oldi.
Milliy kuy-qoʻshiq va raqslardan iborat tantanali kutib olish marosimi boʻldi. Ikki mamlakatning davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida davlat madhiyalari yangradi.
Bugun yetakchilar ikki tomonlama muzokara oʻtkazadilar. Shuningdek, Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qilish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish hamda boshqa tadbirlar rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring