Qozogʻiston poytaxtida favqulodda holat joriy etildi

15:42 05 Yanvar 2022 Dunyo
1088 0

Foto: NUR.KZ

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakatda kuzatilayotgan norozilik namoyishlari fonida 5—19-yanvar kunlari respublika poytaxtida favqulodda holat joriy qildi.

Taʼkidlanishicha, Nur-Sultonda favqulodda holat rejimi jamoat xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida joriy etilgan. Shu munosabat bilan shaharda soat 23:00 dan 07:00 gacha komendantlik soati amal boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qozogʻistondagi norozilik namoyishlari munosabati bilan Olmaota va Mangʻistau viloyatlarida favqulodda holat joriy etilgan edi.

Qozogʻistonda 2-yanvar, yakshanba kuni avtomobillar uchun gaz narxi litri uchun 60 tangadan 120 tengega oshishi munosabati bilan norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishchilar respublikaning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevdan siyosatni tark etishni talab qilishdi. 

4-yanvar kuni namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari oʻrtasida toʻqnashuvlar boshlandi. Mamlakatning boshqa shaharlarida ham tartibsizliklar boʻlib oʻtdi. Keyinroq Toqayev hukumat isteʼfosini qabul qildi. 

5-yanvar kuni Aqtoʻbeda olomon politsiya oʻrasini yorib oʻtib, Akimat (hokimiyat) binosiga bostirib kirdi. Chimkent va Tarazda ham maʼmuriy binolarga hujumlar uyushtirilgan. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер