Qozogʻiston OAV Toshkent xalqaro kinofestivalini yuqori baholadi
Foto: Illustrativ foto
“Ipak yoʻli durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivalida xorijiy OAV vakillari ham ishtirok etdi. Jumladan, Qozogʻistonning “Orda” nashri Oʻzbekistondagi festival yuqori saviyada oʻtgani haqida katta maqola tayyorladi.
“Ochilish marosimi boʻlib oʻtgan kunda (Oʻzbekistondan) koʻp narsalarni oʻrganishimiz kerak deb oʻylagan boʻlsam, yopilish marosimidan keyin afsuski biz bunday darajaga erisha olmaymiz, degan fikrga keldim”, — deyiladi maqolada.
Shuningdek, XV Toshkent xalqaro kinofestivalining katta bayramga aylangan ochilish va yopilish marosimlari, dunyoga mashhur aktyor va aktrisalarning tashrifi hamda tashkil etilgan kinoforumlarga ham alohida toʻxtalib oʻtilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring