Qozogʻiston xalqi assambleyasi — millatlararo totuvlik kafolati

13:33 27 Aprel 2023 Dunyo
579 0

Ostonada ikki kunlik Qozogʻiston xalqi assambleyasi 32-sessiyasi ishi yakunlandi. Ishtirokchilar qator amaliy ahamiyatga ega masalalarni, shu jumladan, jamiyatda millatlararo totuvlikni mustahkamlash masalalarini  muhokama qilishdi. Tadbirda ming nafardan ziyod qozogʻistonlik turli millatga mansub delegatlar qatnashdi. Ular orasida Parlament xar ikkala palatasi aʼzolari, markaziy va mahalliy ijro organlari rahbarlari, diniy birlashmalar, diplomatik korpus, NNT, etnomadaniy birlashmalar, ilmiy-ijodiy ziyolilar, shuningdek, Qozogʻiston va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari bor. Kecha delegatlar va ekspertlar ishtirokida munozara maydonchalari faoliyat koʻrsatdi. Bugun esa Davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayev ishtirokida Plenar sessiya oʻtkazildi.

Qozogʻiston xalqi Assambleyasi — vazifasi davlatning milliy siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga koʻmaklashuvchi, Qozogʻiston Prezidenti huzuridagi maslahat organidir. “Qozogʻiston xalqlari Assambleyasi” (dastlabki nomi) 1995-yili 1-mart kuni Qozogʻistonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev tashabbusi bilan tashkil etilgan. 2007-yilgi Konstitutsiyaviy islohot Assambleyaga konstitutsiyaviy maqom berdi, QXA belgilangan kvotaga koʻra Qozogʻiston parlamentining Majilisida oʻz vakillariga ega boʻlish huquqini qoʻlga kiritdi.

2018-yilda qabul qilingan qonunga koʻra, Assambleyaning faoliyati takomillashtirildi, infratuzilmasi mustahkamlandi, uning fuqarolik jamiyati va davlat hokimiyati tizimiga integratsiyasi taʼminlandi.

2021-yilning 28-aprelida Nursulton Nazarboyev Qosim-Jomart Tokayevga QXA raisi vakolatini topshiradi, Nazarboyevga assambleyaning faxriy raisi maqomi berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер