Qoʻshni oʻgʻrilar kirdikorlari koʻp oʻtmay ochildi

16:43 19 May 2020 Jamiyat
1003 0

Xalqimiz boshiga tushgan shunday ogʻir kunlarda oʻz foydasini oʻylab, vaziyatdan foydalanib qolishga intilayotganlarni qanday atash mumkin? Pandemiya sharoitida koʻpgina savdo maskanlari faol emasligi sir emas. Ayrimlar doʻkonlarning nazoratsiz qolgani tufayli undagi mahsulotlarni oʻmarishga urinishmoqda. Shunday voqea yaqinda Namangan viloyatida qayd etildi.

Pop tumani ichki ishlar idorasiga 9-may kuni doʻkonda oʻgʻirlik sodir boʻlgani haqida maʼlumot kelib tushgan. “Vodiy” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan, shu MFYda Zafar koʻchasidagi uyda yashovchi fuqaro F. J.ga tegishli boʻlgan doʻkonning eshik qulfi buzilib, nomaʼlum shaxslar tomonidan oʻgʻirlik sodir etilgan. Maʼlum boʻlishicha, doʻkondan 1.000.000 soʻm pul, 200 AQSH dollari va 7.000.000 soʻmlik oziq-ovqat hamda xoʻjalik mahsulotlari oʻgʻirlab ketilgan. Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan koʻrilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Pop tumani “Vodil” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi qoʻshnilar sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Jinoyat xech qachon jazosiz qolmaydi. Xalqimizning mazkur sinovli kunlarida oʻzlarining jirkanch niyatlarini amalga oshirib, yashirinib qolaman deganlar katta xato qilishadi. Chunki ichki ishlar xodimlari xech qachon ogohlikni yoʻqotmaydilar va har qanday jinoyatga kerakli choralarni zudlik bilan koʻradilar.

Aziza Joniyeva.

Namangan viloyati.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер