Qorovulbozorda maktabgacha taʼlimga bolalarning 98 foizi jalb qilindi
Choʻlquvarlar istiqomat qilayotgan bu manzilda 2-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 2 milliard 600 million soʻm miqdoridagi mablagʻ evaziga mukammal taʼmirlandi. Yuz nafar oʻgʻil-qizni oʻz bagʻriga olgan muassasada kichkintoylar uchun zarur barcha qulaylik muhayyo etildi.
Eʼtiborlisi, viloyatning eng chekka tumani sanalgan Qorovulbozorda keyingi uch yil ichida oltita maktabgacha taʼlim tashkiloti “Obod qishloq” hamda investitsiya dasturi doirasida taʼmirdan chiqarildi. Natijada tumanda bolajonlarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olish darajasi 98 foizga yetdi.
I. IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring