Qoraqalpogʻistonlik yosh kitobxon qiz “Spark” bilan taqdirlandi
“Yosh kitobxon-2019” tanlovining mamlakatimiz bosqichida 15-19 yoshdagi qatnashchilar orasida Toʻrtkoʻl tumanidagi 12-sonli umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Shahzoda Karimboyeva gʻolib boʻldi va Prezident sovgʻasi -“Spark” avtomashinasi bilan taqdirlandi.
Aytish joizki, Orolboʻyida yoshlar orasida kitobxonlik tobora ommalashib bormoqda. Zero, oʻtgan yili ham mazkur tanlovning yakuniy bosqichida qoraqalpogʻistonlik qiz – Nursuluv Qoʻqonova gʻolib boʻlgan edi.
Hidoyat AHMEDOV.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring