Qoraqalpogʻistondagi voqealarda ishtirok etgan 22 nafar shaxsga nisbatan sud jarayoni boshlandi
Foto: OʻzA
2022-yil 1-2-iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi yuzasidan sud jarayoni boshlandi.
Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidovning maʼlum qilishicha, 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni Buxoro viloyati sudi binosida boʻlib oʻtmoqda.
Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi Ye.Abibullayev raisligida birinchi instansiya sudida koʻrib chiqilmoqda.
Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga koʻra, sudlanuvchilar D.Tajimuratov, L.Kallыxanova, A.Turdanov, A.Smetullayev, D.Jiyemuratov, B.Kadirbergenov, B.Seytniyazov, A.Toqimbetov, Q.Seytimov, A.Nuratdinov, S.Medetov, N.Nayыpov, P.Shamshetov, R.Bekmuratov, S.Kaipov, B.Genjebayev, S.Kalilayev, P.Nurniyazov, S.Kalimov, N.Sultanmuratov, A.Temirxanov va A.Adilbekov Jinoyat kodeksining 28,104, 104, 159, 164, 167, 227, 243, 244, 244-1, 247 va 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
20 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish”, 1 nafariga “uy qamogʻi” va 1 nafariga “jamoa kafilligi” tarzidagi ehtiyot choralari qoʻllanilgan.
Sud jarayoni ochiq tarzda oʻtkazilib, ommaviy axborot vositalari vakillari uchun sud majlislarini videokonferens-aloqa vositasida toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatishga moʻljallangan hamda barcha texnik sharoitlar yaratilgan matbuot zali tashkil etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring