Qoraqalpogʻistonda tadbirkorga 900 mln. soʻmlik qurilish obyektini olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

17:16 01 Fevral 2024 Jamiyat
191 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.R. “N.Q.” MCHJ rahbari A.N.ning ishonchiga kirib, unga 72 mln soʻm evaziga yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yodamida Nukus shahri hududidan 900 mln soʻmlik qurilish obyektini olib berishini aytib, oldindan 20 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер