Qoraqalpogʻistonda yoʻl qurilishi uchun 10 ming dollar pora olgan mansabdor ushlandi

13:04 16 Mart 2026 Jamiyat
194 0

Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda yoʻl qurilishi sohasidagi yirik firibgarlik holati fosh etildi.

Maʼlum boʻlishicha, “Oʻzyoʻlkoʻprik” klasteri davlat muassasasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali mansabdor shaxsi oʻz xizmat mavqeidan foydalangan. U qurilish bilan shugʻullanuvchi MCHJ rahbariga “Beruniy-Toʻrtkoʻl” A380 magistral yoʻli qurilishi loyihasi doirasida 5 kilometrlik ish hajmini olib berishni vaʼda qilgan.

Buning evaziga u yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali yordam berishini aytib, 10 ming AQSH dollari miqdorida pora talab qilgan.

Natijada, mansabdor shaxs soʻralgan pul mablagʻini olayotgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining ikkita moddasi 168-modda 3-qismi “v” bandi (Firibgarlik), 28,211-modda 1-qismi (Pora berishga sheriklik qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер