Qoraqalpogʻistonda dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy savdosi fosh etildi

18:25 13 Aprel 2026 Jamiyat
255 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanida dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy savdosi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, “A.F.” MCHJ masʼul shaxslari MCHJning dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shugʻullanish uchun litsenziyasi sud tomonidan bekor qilingan.

Shunday boʻlsa-da, davlat reyestrida qayd qilinmagan, muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmagan va yaroqlilik muddati oʻtgan umumiy bahosi 279 mln soʻmlik 869 turdagi dori vositalari, 16 turdagi tibbiy buyumlar va 162 turdagi biologik faol qoʻshimchalarni savdoga qoʻyganliklari aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi va 190-moddasi (faoliyat bilan litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz yoxud xabarnoma yubormasdan shugʻullanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер