Qoraqalpogʻistonda ayolni poyezd bosib ketdi

11:24 23 Yanvar 2026 Jamiyat
316 0

Illyustrativ foto

Qoraqalpogʻistonda temiryoʻlni belgilanmagan joydan kesib oʻtayotgan ayol poyezd bosib ketishidan halok boʻldi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, kecha, 22-yanvar kuni Gidrouzel va Nukus stansiyalari oraligʻida ayol kishi temir yoʻlni oʻtish uchun moʻljallanmagan joydan kesib oʻtmoqchi boʻlgan va ehtiyotsizligi oqibatida yoʻlovchi poyezdi ostiga qolib ketgan.

Bildirilishicha, hozirda masʼul xizmatlar hodisa tafsilotlarini tekshirmoqda.

“Jabrlanuvchi yoʻl harakati qoidalarini buzib, oʻz xavfsizligiga eʼtibor bermadi”, deyiladi xabarda.

Shu oʻrinda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ fuqarolarga temir yoʻllarni kesib oʻtishda belgilangan meʼyorlarga rioya qilish muhimligini eslatib oʻtgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер