Qoraqalpogʻiston Respublikasining investitsiyaviy jozibadorligi yanada oshadi

16:31 02 May 2023 Siyosat
727 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasida investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimchalar kiritilmoqda. Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasining tadbirkorlik subyektlariga vaqtinchalik imtiyozlar berilyapti. Yaʼni foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk va yer soligʻi 50 foizga kamaytirilmoqda. Ijtimoiy soliq ular tomonidan 1 foiz miqdoridagi stavka boʻyicha, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan esa yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlanadi.

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi nodavlat taʼlim tashkilotlari oʻquv jarayoni uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar (oʻqituvchilar) konsullik yigʻimini va doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi.

Deputatlarning fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi Qoraqalpogʻiston Respublikasining investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga, tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Qizgʻin muhokamalar, savol-javoblardan soʻng qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер