Qoraqalpogʻiston Respublikasida sodir boʻlgan voqealarni oʻrganish boʻyicha ishonch telefoni ishga tushirildi
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
2022-yilning 15-iyul kuni Oliy Majlis palatalari Qoraqalpogʻistonda iyul oyi boshida sodir boʻlgan voqealar yuzasidan mustaqil tekshiruv oʻtkazish boʻyicha komissiya tuzgan edi.
Ombudsman F.Eshmatova rahbarligidagi komissiya 16-iyul kunidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻz faoliyatini boshladi.
Komissiya tashabbusi bilan 1374 qisqa raqamli koll-markaz ishga tushirildi.
Endilikda fuqarolar koll-markazga Qoraqalpogʻistondagi holat va sodir boʻlgan hodisalar yuzasidan oʻz murojaatlarini yoʻllashlari mumkin.
Barcha murojaatlar Komissiya tomonidan oʻrganib chiqiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring