Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Adliya bogʻi” yaratildi
Bugungi kunda dunyoda iqlim oʻzgarishi sababli ekologik vaziyatni barqarorlashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Davlatimiz tomonidan ham atrof-muhitga boʻlgan salbiy ta’sirni kamaytirish, tabiiy ekotizimni tiklash va saqlash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
2021-yil noyabr oyida boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi va Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 25-oktabr kunigan 1-dekabr kuniga qadar “kuzgi daraxt ekish mavsumi”ning e’lon qilinishi “yashil makon” Oʻzbekistonda davlat siyosati darajasiga koʻtarilganligidan dalolat beradi.
Joriy yilning 11-oktabr kuni Prezidentimiz “Yashil makon” umummilliy loyihasining kúzgi mavsumini tashkil etish masalalari yuzasidan oʻtkazgan videoselektor majlisida aholining daraxt ekishga boʻlgan qiziqishini va ragʻbatlantirish ishlarini yanada oshirish zarurligini ta’kidlagan edilar.
Hattoki, davlatimiz rahbarining “Oʻzbeksdan - 2030 strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan ham yashil maydonlarni shakllantirish va atrof-muhitning ekologik sharoitini barqarorlashtirish yuzasidan vakolatli organlarga topshiriqlarini berdi.
Shu munosabat bilan, bugungi kunda respublikamızning barcha tuman va shaharlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kúzgi daraxt ekish mavsumiga start berildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ham “Adliya bogʻi”ni shakllantirish maqsadida, ushbu bogʻning dekorativ va mevali daraxt nihollarini ekish ishlariga start berildi.
Tadbir munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri E. Tursunov Yoshi ulugʻ va koʻpni koʻrgan hudud oqsoqollari bilan birgalikda birinchi meva daraxt nihollarini qadab berdi.
Amalga oshirilayotgan tadbir doirasida vazirlikning tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan ham koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish, shuningdek dekorativ va mevali daraxt nihollarini ekish ishlari qizgʻin davom etmoqda.

Yashil tabiyatni yaratish orqali qit’amiz zararlanishining oldin olishga erishish, shuningdek davlatimizning toza ekologik barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring