Qorakuzanlarni ommaviy qirish muammoga yechim boʻlmasligi mumkin — biolog

23:46 06 Noyabr 2020 Dunyo
1085 0

Fotо: Getty Images

Koronavirusni koʻplab hayvonlar tashishi mumkin.  Ammo virusni odamlarga yuqish xavfi ilmiy jihatdan faqat qorakuzanlarda isbotlangan.

Bu haqda biologiya fanlari doktori, Jorj Meyson universitetining Tizimlar biologiya maktabi (AQSH) professori, Rossiya Fanlar akademiyasining tibbiy-genetik tadqiqotlar markazi bosh ilmiy xodimi Ancha Baranova aytib oʻtdi. 

Shuningdek, u Daniyaning mutatsiyaga uchragan koronavirus tufayli barcha qorakuzanlarni yoʻq qilishga qaror qilishini haqidagi xabarlarga ham izoh berdi.

Baranovaning soʻzlariga koʻra, virus chindan ham qorakuzanlarda koʻpayadi va uning odamga yuqishi ilmiy asoslangan dalildir. Zero, allaqachon ulardan xastalikni yuqishi bilan bogʻliq kamida 12 ta holat tasdiqlangan.

Ammo shu bilan birga mutaxassis Daniya hukumatining choralarini keskin deya baholamoqda.

“Vaholanki, koronavirus bilan Yevropadagi ham, Amerikadagi ham qorakuzanlar zararlangan boʻlishi mumkin. Ammo hali hech kim buni tekshirib koʻrmadi. Shuningdek, qushlar va maymunlar ham hali nazoratga olinmagan. Shu bois ularning ham barchasini oʻldirish kerakmi? Bu oldimizdagi mavjud muammoga yechim boʻla olmaydi”, deydi biolog.

Shuningdek, mutaxassisning taʼkidlashicha, Daniyadagi koronavirusning yangi mutatsiyasi haqida maʼlumotni tekshirish kerak. Zero, bu mavzu boʻyicha hali ilmiy maqolalar yozilmagan, virusning yangi koʻrinishining genetik kodining ketma-ketligi borasidagi maʼlumot ham hali yoʻq.

5-noyabr kuni Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen mamlakatdagi barcha qarakuzanlarni yoʻq qilinishini aytib oʻtdi.

Uning taʼkidlashicha, qorokuzanlarda mutatsiyaga uchragan  koronavirus odamlarga yuqadi va antitanalar hosil qilish qobiliyatini zaiflashtiradi.

Frederiksen koronavirusning bu yangi mutatsiyasi nafaqat Daniyaga, balki butun dunyoga tarqalishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер