Qorakoʻlda “Yangi Oʻzbekiston” massivi foydalanishga topshirildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida Yangi yil bayrami arafasida zamonaviy shaharsozlik talablari asosida qurilgan massiv foydalanishga topshirildi. U davlatimiz rahbarining 2021-yil 9-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq barpo etildi.
12 ta koʻp qavatli turar-joy majmuasi 240 ta xonadonga moʻljallangan. Bu yerda infratuzilma obyektlari ham qad rostlagan. Chunonchi, 330 oʻquvchi oʻrniga ega maktab, 240 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti, 100 qatnovga moslashtirilgan oilaviy poliklinika, savdo shoxobchalari shular jumlasidan.

— Bundan ikki yilcha muqaddam Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev tumanimizda saylovchilar bilan uchrashuv chogʻida odamlarning oʻz hayotidan rozi boʻlib yashashi masalasiga alohida toʻxtalib, ana shundan massiv barpo etilishini maʼlum qilgan, bu xushxabardan turar-joyga ehtiyojmand oʻnlab oilalarning boshi koʻkka yetgan edi, — deya eslaydi qorakoʻllik mehnat faxriysi Fayzulla Behbudov. — Buni qarangki, juda qisqa muddat ichida biyday dalada koʻrkam, fayzli bir shaharcha paydo бўлди. Турар-жойга ehtiyojmand oilalarga davlat tomonidan subsidiyalar berilmoqda.
“Yangi Oʻzbekiston” massivini foydalanishga topshirishga bagʻishlangan tantanali marosimda viloyat va tuman mutasaddilari, nuroniylar, ziyolilar, aholi vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda soʻz olganlar Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda barpo qilinayotgan bu kabi yangi massivlar yuzlab oilalarning orzu umidlari ushalishiga xizmat qilayotganini, oʻzida “Inson qadri uchun” degan xayrli gʻoyani mujassam etgan hayotiy islohotlar tufayli mazkur goʻshada yaqin istiqbolda yana oʻnlab turar-joylar qurilishini taʼkidladilar.

Marosimda viloyat hokimi B.Zaripov ishtirok etdi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring