Qoʻqondagi “dom”da qariyb 2 milliard soʻmlik gaz oʻgʻirlandi

15:07 06 Mart 2026 Jamiyat
308 0

Qoʻqon shahridagi koʻp qavatli uyda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.

Unda aytilishicha, Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida filial komplayens nazorat tuzilmalari, mahalla isteʼmolchilari bilan ishlash boʻlimi va huquq-tartibot organlari hamkorligida nazorat tadbiri oʻtkazilgan .

Unda aytilishicha, shaharning A.Navoiy koʻchasida joylashgan “M.D.T.” MCHJga qarashli koʻp qavatli uy xatlovdan oʻtkazilgan. Tekshiruv davomida ushbu koʻp qavatli uyda taʼminot tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan tabiiy gaz tarmogʻiga toʻgʻridan toʻgʻri ulangan holda “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelinayotgani fosh qilingan.

Mazkur holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 1 milliard 969 million soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilingan. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер