Qo'qonda qadimiy tangalar topildi
Qo‘qon shahrida Hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik ishlari doirasida Jome’ majmuasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari davomida yer ostidan qadimgi tangalar topildi. Tangalarni qazib olgan Muhammadjon Tojiboyev topilmalar Jome’ majmuasiga kirish qismi oldidagi gulzor tuprog‘ini yangilash vaqtida topilganini aytdi. Arab tilida yezuvlar bitilgan mis tangalar Qo‘qon madaniyati va tarixi muzeyiga keltirilib, ayni paytda mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Dasturxonchi» madrasasini ta’mirlash ishlari vaqtida ham qadimgi topilmalar - ko‘zalar topilgan edi. Ushbu topilmalar Qo‘qonda hunarmandchilik qadimdan rivoj topganligi va Qo‘qonning boy tarixi va madaniyati haqida darak beradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring