Qoʻqonda oʻzini 3-qavatdan tashlab yuborgan talaba qiz vafot etdi
Foto: Illustrativ
2024-yilning 12-dekabr kuni Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabasi talabalar turar joyining 3-qavatidan oʻzini pastga tashlashi oqibatida shifoxonaga yotqizilgan edi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining xabar qilishicha, talaba qiz koʻrsatilgan zarur tibbiy yordamlarga qaramasdan, olgan ogʻir tan jarohatlari sababli vafot etgan.
Maʼlum qilinishicha, Prokuratura surishtiruv natijalariga koʻra, mazkur holat shaxsiy muammolar sababli sodir boʻlgani aniqlangan va jinoyat ishi qoʻzgʻatish rad etilgan.
“Hozirda talabalar turar joylarida xavfsizlikni taʼminlash uchun maxsus qoidalar joriy etildi, kunlik nazorat va psixologik koʻmak yoʻlga qoʻyildi. Talabalar bilan keng qamrovli suhbatlar oʻtkazilib, ularning fikrlari oʻrganildi”, — deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring