Qoʻqonda 116 million soʻmlik gaz oʻgʻirlagan doʻkon aniqlandi
Qoʻqon shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Unda aytilishicha, Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida filial komplayens nazorat tuzilmalari va huquq-tartibot organlari hamkorligida nazorat tadbiri oʻtkazilgan.
Aniqlanishicha, Qoʻqon shahrining A. Navoiy koʻchasida joylashgan “R. R.” nomli doʻkonda xatlov oʻtkazilganda, bino tegishli loyiha-texnik hujjatlarsiz yashirin ravishda tabiiy gaz tarmogʻiga ulangani fosh qilingan.
Hozirda mazkur holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, 116 million 640 ming soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilingan. Shuningdek, barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring