Qoʻqon universiteti Andijon filiali talabalari Qoʻqon shahriga amaliy tashrif buyurdi
Qoʻqon universiteti Andijon filiali talabalari Qoʻqon shahriga amaliy tashrif buyurdi.
Tashrifning asosiy maqsadi — Qoʻqon shahridagi oilaviy poliklinikalarda koʻmak berish, patronaj xizmatiga hissa qoʻshish hamda aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishdan iborat.

Mazkur tashrif talabalarning nafaqat amaliy bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash, balki ularni ijtimoiy faol boʻlishga, jamiyatga xizmat qilish masʼuliyatini his etishga undovchi muhim tajriba boʻldi. Ushbu faoliyat oʻquv jarayonidagi amaliyot vazifalarini toʻlaqonli bajarishga ham xizmat qiladi.


Shuningdek, tashrif doirasida talabalar Qoʻqon shahar hokimi va mutasaddi tashkilot vakillari bilan uchrashuv oʻtkazib, oʻzlari uchun muhim boʻlgan fikr va tavsiyalarni oldilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring