“Qoʻqon” EIZda yangi korxonalar ish boshladi

15:32 24 Avgust 2022 Jamiyat
676 0

Mustaqillik bayrami arafasida “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasida yengil sanoat, qurilish sohasiga ixtisoslashgan bir qator zamonaviy korxonalar foydalanishga topshirilmoqda.

Ulardan biri - “Azamat Savdo Ziyo” MCHJda qurilish bozorida talab yuqori boʻlgan burama mix (samorez) ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

Korxonaning tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov hudud qurilish sanoati jadal rivojlanib borayotganini taʼkidlab, kuchli raqobat sharoitida yangi korxonalar ichki va tashqi bozorda oʻz oʻrnini topishiga ishonch bildirdi.

— Loyiha doirasida qariyb 7 mlrd. soʻm oʻz mablagʻim hamda 3,3 mln. AQSH dollari miqdoridagi bank krediti hisobiga 70 nafar yoshlar doimiy ish bilan taʼminlandi, — deydi “Azamat Savdo Ziyo” MCHJ rahbari Ibrohimjon Siddiqov. — Korxonada yiliga 3 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvati mavjud. Shu tariqa yiliga 1,5 mln. dollarlik mahsulotni eksport qilish imkoniyatiga ega boʻlamiz.

Oʻz navbatida har yili ichki bozorga 24 mlrd. soʻmlik mahsulot yetkazib berish rejalashtirilmoqda.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер