Qoʻqon davlat pedagogika institutining yangi oʻquv binosi foydalanishga topshirildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Qoʻqon davlat pedagogika institutida foydalanishga topshirilgan yangi oʻquv binosining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Mazkur binoning ochilishiga bagʻishlangan tantanalarda ishtirok etgan institutning oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Nargiza Babayeva, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Nurbek Joʻrayevlar bu kabi imkoniyatlar yaratilayotgani, shart-sharoitlarning yaxshilanishi talabalarga qulaylik yaratishini taʼkidladilar.
Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligida mazkur binoning foydalanishga topshirilishi esa, bayramga munosib tuhfa boʻldi.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, qayta taʼmirlangan va jihozlangan mazkur oʻquv binosi bir vaqtning oʻzida 2300 nafardan ortiq talabani oʻz bagʻriga oladi. Oʻquv auditoriyalari zamonaviy qattiq va yumshoq inventarlar, kompyuter, proyektor, televizor kabi texnologiyalar bilan taʼminlangan. Yangi binoda maʼruzalar zallari, maʼnaviy-maʼrifiy xonalar mavjud boʻlib, talaba va pedagoglarning dars jarayonlarini olib borishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Endilikda talabalar yangi oʻquv binoda oʻz yoʻnalishlari boʻyicha puxta bilim va koʻnikmaga ega boʻlishadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Umumiy mukofot jamgʻarmasi 700 ming yevro boʻlgan shaxmat turniri yakunlandi
- Oʻzbekistonda steyblkoinlardan toʻlov vositasi sifatida foydalanish mumkin boʻladi
- Shavkat Mirziyoyev madaniyat va turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
- Prezident uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Eron mamlakat rahbariyatining oʻldirilishi uchun AQSH va Isroilni javobgarlikka tortmoqchi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring