Qonun loyihasi proporsional va mojaritar saylov tizimlarining kuchli jihatlarini oʻzida mujassamlashtirgan — Ulugʻbek Inoyatov

12:40 10 Oktyabr 2023 Siyosat
358 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan koʻrib chiqilmoqda.

Ayrim deputatlar, shuningdek, fraksiyalar rahbarlari ushbu qonun loyihasi yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirmoqda.

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari Ulugʻbek Inoyatov partiya pozitsiyani bildirar ekan, mazkur Konstitutsiyaviy qonun loyihasi proporsional va mojaritar saylov tizimlarining kuchli jihatlarini oʻzida mujassamlashtirgani, xalqimizning davlat va boshqaruvida ishtirok etishdek ustuvor huquqidan foydalanishi uchun yangi imkoniyatlar taqdim etayotganiga alohida eʼtibor qaratdi.

Shu bilan birga, fraksiya rahbari ushbu muhim qonun loyihasining dolzarbligini hisobga olib, partiyaning quyi tuzilmalari, xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlaridan ham fikr va takliflar olish rejalashtirilganini qayd etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер