Qonun loyihasi masʼul qoʻmitaga qaytarildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasidagi ayrim normalar yuzasidan deputatlar tomonidan bir qator fikrlar bildirildi. Masʼul qoʻmita uni yanada takomillashtiradigan boʻldi.
Majlisda “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda muhokama qilindi.
Qonun loyihasi bilan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunda vazirlik va uning organlari nomi, vazifa va funksiyalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Shu bilan birga, Oliy Majlis palatalari hamda Vazirlar Mahkamasining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari qayta koʻrib chiqilmoqda.
Majlisda qonun loyihasi yanada takomillashtirilishi uchun masʼul qoʻmitaga qaytarildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring