Qolgan umrimni ezgu ishlarga sarflayman

14:50 07 Dekabr 2023 Jamiyat
315 0

Foto: Illustrativ foto

Umrimning guldek davri afsuski panjara ortida oʻtdi. Muassasaga kelganimda farzandim hali tetapoya ham boʻlmagan edi. Qamoqda oʻtirgan paytim ikkinchi farzandim dunyoga keldi. Jigarbandlarni bagʻrimga bosib yashash naqadar ulugʻ baxt ekanini oʻylaganimda yuragim zirqirab ketadi. Inson uchun baxtsiz kunlarida baxtli kunlarini eslashdan ortiq jazo yoʻq ekan. Rostini aytsam, koʻp narsani yoʻqotdim, koʻzim kech ochildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Prezidentimizning “Ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtayotgan, qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisidagi” Farmoni asosida mana bugun avf etilib oilam bagʻrida, bayramni kutib olmoqdaman.

Ozodlikka chiqishimdan oldin muassasada tibbiy koʻrikdan oʻtish, zarurat tugʻilsa, davolanish ishga joylashish, fuqarolik hayotiga moslashguncha amaliy yordam koʻrsatishlarini uqtirishdi. Hammasi uchun kechirimli xalqimizga, eng avvalo mamlakatimiz Prezidentiga oʻzim va bagʻri toʻlib qolgan ota-onam nomidan minnatdorlik bildiraman.

Albatta, berilgan imkoniyatdan foydalanib, bundan buyon bor kuch-gʻayratimni ezgu ishlarga — ota-onam duosini olishga va farzandlarimni barkamol voyaga yetkazishga sarflayman.

Kamoliddin MOʻYDINOV,

Namangan viloyati.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер