Qoʻlbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ellikqalʼa tuman boʻlimi tomonidan olingan tezkor maʼlumotlarga asosan DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Kichik Guldirsin” MFYdagi xonadonlardan birida yashovchi S.A. oʻz uyida alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 2 157 dona “Russkaya vodka” nomli qoʻlbola usulda tayyorlangan alkogol mahsuloti, 865 dona qalbaki aksiz marka, 160 litr spirt, 21 190 dona boʻsh shisha idishlar va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Xuddi shunday, Departamentning Beruniy tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.A. oʻz uyida alkogol mahsuloti ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, qoʻlbola usulda tayyorlangan 120 dona “Qaratau” nomli alkogol mahsuloti, 120 litr spirt va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Qarshi shahar boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.A. va A.T. qoʻlbola usulida yasalgan 480 dona “Shahrisabz arogʻi” nomli alkogol mahsulotini fuqaro B.K.ga oʻtkazish maqsadida olib kelgan vaqtlarida ushlanib, jami 588 dona qalbaki alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring