Qoidabuzar haydovchilarga qarshi jarima tizimi ishga tushiriladi

13:15 28 Noyabr 2023 Jamiyat
273 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Transport vositasi haydovchilari tomonidan doimiy ravishda qoidabuzarlik sodir etganlik uchun jarima ballari hisoblash tizimini joriy etish ham belgilanmoqda. Tegishli qonun loyihasi parlament quyi palatasida muhokama qilinmoqda.

Yaʼni hisoblangan jarima ballari bir yil davomida oʻn ikki balldan oshgan hollarda oxirgi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun qoʻshimcha jazo tariqasida haydovchini transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda.

Shuningdek, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum boʻlgan shaxs oʻzboshimchalik bilan baribir transport vositasini takroran boshqarib yurgani aniqlansa, unga nisbatan jinoiy javobgarlikni belgilash nazarda tutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер