Qiziriqda 2,6 gektar maydonda “yashil bogʻ” yaratilmoqda
Foto: Xalq so‘zi
Davlatimiz rahbarining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi “Shodlik” mahallasida 2,6 gektar maydonda “yashil bogʻ” tashkil etish loyihasini amalga oshirishga kirishildi.

Bogʻ hududida manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekildi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik faollari ishtirok etdi.
Mazkur hududda daraxtlarni ekish va parvarish qilish ishlariga ishsiz, birinchi navbatda, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni faol jalb qilish belgilangan.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Surxondaryo viloyatida oʻtgan yili davomida jami 21,5 gektar maydonda “yashil bogʻlar” va 40,8 gektar maydonda “yashil jamoat parklari” barpo etildi.
Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring