Qiziriq tumanida ichimlik suvi taʼminotidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qiziriq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Q.A.” MCHJ rahbari J.A. avtomobillarni yuvish shoxobchasini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi ichimlik suvi tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, jami 91,5 mln soʻmlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring