Qishloqlarimizda IT markazlari ochilmoqda

12:51 13 Oktyabr 2021 Jamiyat
448 0

Endi respublikamizning qishloq hududlarida ham yoshlar bugun jahon mehnat bozorida eng talabgor soha - IT bo‘yicha taʼlim olib, o‘z loyihalarini amalga oshirishi uchun imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Bu boradagi saʼy-harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Axborot texnologiyalari sohasida taʼlim tizimini yana-da takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida yana-da jadal tus olayotir.

Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi “Iftixor” mahallasida tashkil etilgan IT markazi bunga misoldir.

–Ushbu loyiha tumanda axborot texnologiyalari o‘qitilishini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishi xamda mehnat bozorining malakali IT-mutaxassislarga bo‘lgan talabini qondirishga xizmat qiladi, -deydi markaz tashkilotchisi Sardorbek Turdialiyev.

 Markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilgach, bu yerda 15 nafar yigit-qiz ish bilan taʼminlandi. Bu yerda bir paytning o‘zida 200 nafar o‘quvchi zamonaviy kasb yo‘nalishlarida puxta bilim egallashi uchun barcha qulaylik muhayyo etildi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq so‘zi”.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер