Qishloqlarda ham svetoforlar koʻpaymoqda
Foto: Халқ сўзи
Ehtimol, avtoyoʻlda yangi svetofor oʻrnatilishi hozirgi katta-katta oʻzgarishlar fonida u qadar ahamiyatli yangilik emasdir. Lekin avval faqat shaharlarga xos boʻlgan bu avtomobillarda harakatlanish tartibotchisiga dalalar qurshovidagi yoʻllarda ham duch kelsangiz-chi? Masalan, yaqinda ana shunday yaydoqlikda — Sirdaryo viloyati Boyovut tumani Sharof Rashidov qishlogʻi orqali oʻtgan 4R-30 avtoyoʻli chorrahasiga yangi svetofor oʻrnatildi.
— Bu bilan yoʻl-transport hodisasi eng koʻp sodir etilishi kuzatilgan mana shu chorrahada harakat xavfsizligi ishonchli kafolatlandi, — deydi Sirdaryo avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi matbuot xizmati masʼuli SardorToshpoʻlatov. — Ayniqsa, bugungidek tumanli havoda svetoforlarning ishlab turishi juda muhim.
S. Toshpoʻlatovning aytishicha, soʻnggi paytlarda qishloq joylarda ham svetoforlar koʻpaymoqda. Yuqoridagi ham oʻta foydali, ham savob ish Boyovut tumani yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan bajarilgan.
Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring