Qishloq xoʻjaligi vazirligi piyoz eksportiga kiritgan vaqtincha cheklov bekor boʻlganini maʼlum qildi
Foto: Arxiv surat
Maʼlumki, piyoz narxining keskin oʻsishi, aholining ichki isteʼmol talabini qondirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida yurtimizda joriy yilning 1-apreliga qadar piyoz eksportiga vaqtincha cheklov oʻrnatilgan edi.
Qishloq xoʻjaligi vazirligining maʼlum qilinishicha, 2023-yil 15-martdan mamlakatimizda piyoz narxi barqarorlashganligi sababli piyoz eksportiga qoʻyilgan vaqtinchalik cheklov bekor qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring