Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining sifatini baholash tizimi tubdan isloh qilinadi
Arxiv foto
Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining sifatini baholashda raqamli QR kodli yorliqlash, shuningdek, urugʻliklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar reyestrini yuritishga asoslangan yangi tizim joriy etiladi.
Bu haqda shu yilning 7-iyul kuni qabul qilingan “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining sifatini baholash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida taʼkidlangan.
Farmonga koʻra, “Oʻzagroinspeksiya” qoshidagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining sifatini baholovchi yagona vakolatli tashkilot sifatida belgilandi.
2026-yil 1-yanvardan Bojxona qoʻmitasi tomonidan raqamli QR kodli yorliqlanmagan va ijobiy ekinboplik xulosasi olinmagan import qilinayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish taqiqlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring