Qishda koronavirusga chalinish imkoniyati kamayadi — akademik

23:35 19 Oktyabr 2020 Dunyo
1008 0

Qishning ayozli kunlari kirib kelishi bilanoq koronavirusga chalinish darajasi pasayadi.

Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, Moskva davlat universitetining Immunologiya va molekulyar biotibbiyot markazi direktori Mixail Palsev “Parlamentskaya gazeta” nashriga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

Uning soʻzlariga koʻra, “Covid-19” ham qolgan barcha havo-tomchi yoʻli orqali yuqadigan kasalliklar singari mavsumga bogʻliq.

“Sovuq tushishi bilan kasallanish darajasi kamayadi. Biroq bahorda yana bir bor avj olishi mumkin, ammo ilgarigidek kuchli boʻlmaydi. Bundan tashqari, oʻsha paytga kelib qoʻlimizda samarali vaksina boʻladi deb umid qilaman", - deydi Palsev.

Shuningdek, u fuqarolarni oʻzlarining immunitetlarini doimiy ravishda nazorat qilishga, niqob taqishni toʻxtatmaslikka hamda mutaxassislar tavsiyalariga amal qilishga chaqirdi.

Palsevning taʼkidlashicha, hukumat ham koronavirus infeksiyasining tarqalish xavfini kamaytirish uchun ommaviy tadbirlarni cheklab turishi kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер