Qirolicha Yelizaveta II shifokorlar tavsiyasidan keyin BMT sammitiga ishtirokini bekor qildi
Foto: АР
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II shifokorlarning tavsiyasidan keyin Glazgoda boʻlib oʻtadigan BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy konvensiyasi sammitiga tashrifini bekor qilgan. Bu haqda “Sky News” xabar bermoqda.
Bukingem saroyidagi manbalarga koʻra, qirolicha tadbirda qatnasha olmasligidan xafa boʻlgan. Shunga qaramay, u sammit ishtirokchilariga videomurojaat yoʻllaydi.
Avvalroq Yelizaveta II kasalxonada bir kecha qolganidan bir hafta oʻtib birinchi marta omma oldiga koʻrinish bergan edi. Qayd etilishicha, qirolicha onlayn uchrashuvlarni Berkshirdagi Vindzor qasridan oʻtkazgan. Suhbat chogʻida u kayfiyati yaxshi ekanligini taʼkidlagan.
Bungacha “Telegraph” gazetasi sogʻligʻiga ehtimoliy tahdid tufayli 95 yoshli qirolicha endi farzandlari yoki nabiralaridan biri hamrohligida ish safariga borishi, zarurat tugʻilganda unga dam olish imkonini berishi haqida xabar bergan edi.
Oʻtgan hafta Yelizaveta II Shimoliy Irlandiyaga tashrifini bekor qilganidan keyin kasalxonaga yotqizilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring