Qirgʻizistonning Toshkent shahridagi elchixonasining yangi binosi ochildi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Matbuot xizmati
Qirgʻiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Qirgʻizistonning Toshkent shahridagi elchixonasi yangi binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Ikki mamlakat Bosh vazirlari ramziy tasmani kesib, Qirgʻiziston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdilar. Elchixonada diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirgʻiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Japarov mamlakatlarimiz va qardosh xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik munosabatlarini mustahkamlashga intilish ramzi sifatida ikki tup daraxt ekdilar. Elchixona Faxriy mehmonlar kitobiga oʻz tilaklarini yozib qoldirdilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring