Qirgʻizistonga katta miqdorda kokain olib kirmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi
Illyustrativ foto
Qirgʻizistonga oshqozonida 50 ta paketchada kokain bilan uchib kelgan respublika fuqarosi qoʻlga olindi. Bu haqda Qirgʻiziston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 36 yoshli erkak Germaniyadan kelganida qoʻlga olingan. Uning oshqozonida umumiy ogʻirligi 300 gramm boʻlgan 50 paketchada kokain topildi. Departamentning bildirishicha, qoʻlga olingan shaxs Qirgʻiziston hududida giyohvandlik moddalarini sotishni rejalashtirgan.
Ichki ishlar vazirligining aniqlik kiritishicha, respublikada birinchi marta bunday yirik miqdorda kokain musodara qilinmoqda va ushbu partiyaning qora bozorda bir grammi 500 dan 2000 dollargacha baholanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring