Qirgʻizistonda viloyat va tumanlar tugatiladi

21:50 16 Aprel 2026 Dunyo
188 0

Qirgʻizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, ularning oʻrnida 20 ta okrug tashkil etiladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Sadir Japarov maʼlum qildi, uning soʻzlaridan 24.kg nashri iqtibos keltirmoqda.

Nookat tumani aholisi bilan uchrashuvda Japarov maʼmuriy islohotlarning ikkinchi bosqichi haqida gapirib berdi. U hozirda mamlakatda 44 ta tuman va 33 ta shahar borligini qayd etdi.

“Viloyat va tumanlar tugatiladi, 20 ta okrug qoladi — oddiyroq qilib aytganda, 20 ta viloyat boʻladi, biz shunga kelamiz. Lekin bunga hali vaqt bor, taxminan uch-toʻrt yil”, — dedi Qirgʻiziston prezidenti.

Sadir Japarovning soʻzlariga koʻra, dastlab boshqaruv tizimi qanday ishlashini koʻrish uchun ikki-uch yil muddatga sinov loyihasi sifatida bitta okrug tashkil etiladi.

“Asosiy mezon — ushbu okrug respublika dotatsiyasidan (davlat koʻmagidan) chiqa oladimi yoki yoʻqmi, shunga bogʻliq”, — deyiladi xabarda.

Agar loyiha muvaffaqiyatli deb topilsa, unda viloyat va tumanlar butunlay tugatilib, mamlakat okruglarga boʻlinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?