Qirgʻizistonda "COVID-19"ga qarshi emlash kаmpaniyasi boshlangani maʼlum qilindi. Mamlakat “AstraZeneca” vaksinasidan voz kechgan
Illyustrativ foto
Joriy yilning 29-mart, dushanba kuni Qirgʻizistonda aholini koronavirusga qarshi emlash kampaniyasi boshlangan.
Bu haqda Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vaziri Alimqodir Beyshenaliyev maʼlum qildi.
“Vaksinatsiya bugun (29-mart) boshlanadi”, dedi Beyshenaliyev. Shuningdek, u birinchi boʻlib emlanishini qoʻshimcha qilgan.
Unga koʻra, mamlakat aholisi Xitoyning "Sinopharm" kompaniyasi vaksinasi bilan emlanadi. Mamlakatda ushbu preparatdan 150 ming doza olib kelingan.
Taʼkidlanishicha, Qirgʻizistonda emlash bepul va ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Vaksinatsiya dastlab Bishkek, Chuy va Oʻsh viloyatlarida amalga oshiriladi hamda birinchi navbatda tibbiyot xodimlari, oʻqituvchilar, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari emlanadi.
Beyshenaliyevning aytishicha, may yoki iyun oyiga qadar mamlakatga Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi olib kelinadi.
Avvalroq, Qirgʻiziston "AstraZeneca“ (Buyuk Britaniya/Shvetsiya) kompaniyasining ”COVID-19"ga qarshi vaksinasidan voz kechgani maʼlum qilingan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring