Qirgʻizistonda 16-martdan boshlab barcha maktablar va oliy taʼlim muassasalari karantinga yopiladi
Foto: «АКИpress»
Qirgʻiziston Xavfsizlik kengashi 16-martdan boshlab mamlakatdagi barcha maktablar va oliy taʼlim muassasalarini uch haftalik karantinga yopish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqda Qirgʻiziston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, prezident Sooronbay Jeenbekov 14-mart kuni bir qator davlat organlari rahbarlari va hukumatning hududlardagi vakillari ishtirokida Xavfsizlik kengashining tor doiradagi yigʻilishini oʻtkazgan.
Prezident Sooronbay Jeenbekov mamlakat aholisining salomatligi — birinchi galdagi masala ekanini taʼkidlab oʻtgan. U Qirgʻizistondagi koronavirus bilan bogʻliq vaziyat uning shaxsiy nazoratida ekani, turli davlat organlaridan har soat axborot kelib turganini bildirgan.
Maʼlumot uchun, Qirgʻizistonda shu kungacha koronavirus bilan kasallanish holati qayd etilmagan. Mintaqa davlatlari orasida hozirgacha bunday holat faqat Qozogʻistonda aniqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring