Qirgʻiziston Prezidentining farmoni bilan Bishkek hududida favqulodda holat joriy etildi
Qirgʻiziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov Bishkek shahrida bugun soat 20:00dan (Toshkent vaqti bilan 19:00) boshlab favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.
“Qirgʻiziston Respublikasining Bishkek shahri hududida 2020-yil 9-oktyabr soat 20:00 dan 21-oktyabr soat 08:00 gacha favqulodda holat joriy etildi”, deb xabar qildi “Kabar” agentligi Qirgʻiziston Prezidenti matbuot xizmatiga tayanib.
Qirgʻiziston ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Almazbek Orozaliyev poytaxt komendanti etib tayinlandi. Qirgʻiziston Qurolli Kuchlari Bosh shtabiga qonun va tartibni himoya qilish hamda qurolli toʻqnashuvlarning oldini olish uchun Bishkekka qoʻshin kiritish toʻgʻrisida buyruq berilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring