Qirgʻiziston Prezidenti Samarqandga keldi

20:25 14 Sentyabr 2022 Siyosat
764 0

Foto: president.uz

14-sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashida ishtirok etish uchun Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov mamlakatimizga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida uni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Soʻng oliy martabali mehmon Hazrati Xizr majmuasida Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qoʻyib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер