Qirgʻiziston prezidenti oʻz vakolatlarini kengaytiruvchi qonunga imzo chekdi
Arxiv surat
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov “Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi. Ushbu hujjat davlat rahbarining vakolatlari sezilarli darajada kengaytirilgan.
Qirgʻiziston prezidenti matbuot xizmati xabariga koʻra, hujjatga koʻra, endi Japarov oʻz tashabbusi bilan Bosh vazir va Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini ishdan boʻshatish huquqiga ega boʻlmoqda.
Bundan tashqari, qonunda hukumat aʼzosining lavozimidan ozod etilishi mumkin boʻlgan asoslar koʻrsatilgan.
Vazirlar Mahkamasi aʼzolari uchun ham baʼzi cheklovlar mavjud. Masalan, ular saylovoldi tashviqotlari paytida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullana olmaydi va maʼmuriy resurslardan foydalana olmaydi.
May oyida Japarov Qirgʻiziston Respublikasining yangi konstitutsiyasiga imzo chekkan edi. U ham davlat rahbarining vakolatlarini kengaytirishni nazarda tutadi. Hujjatga muvofiq, hukumat ustidan nazorat prezident maʼmuriyati rahbariga topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring