Qirgʻiziston chegarasida yana mojaro kelib chiqdi

14:50 03 Iyun 2020 Dunyo
2718 0

Qirgʻiziston va Tojikiston davlatlari chegarasida yana mojaro kelib chiqdi. Bu safar ham oʻqotar qurol ishga solingan. Bu maʼlumotni Qirgʻizistoni chegara qoʻshinlari tasdiqlagan.

Aniqlik kiritilishicha, ushbu voqea 2-iyundan 3-iyunga oʻtar kechasi Botken tumanining Eki-Tash hududida roʻy bergan. Tojikiston tomonidan nomaʼlum shaxslar Oʻsh-Isfara yoʻli boʻylab avtomobilda harakatlanayotgan qirgʻizistonlikka ov miltigʻidan bir necha bor oʻq uzishgan. U yaralangan va shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa joyida militsiya xodimlari surishtiruv ishlarini olib borishmoqda.

Ayni paytda chegaraning ushbu hududidagi vaziyat barqaror ekanligi maʼlum qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер