Qilichbozlikning sablya va rapira yoʻnalishlarida sportchilar gʻoliblik uchun bahs olib borishmoqda

12:47 01 Oktyabr 2023 Jamiyat
604 0

Toshkentda qilichbozlikning sablya va rapira yoʻnalishlari boʻyicha kadetlar oʻrtasida Osiyo kubogi oʻtkazilmoqda. Unda Saudiya Arabistoni, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Hindiston va Oʻzbekiston mamlakatlaridan sportchilar gʻoliblik uchun bahs olib borishmoqda.

Musobaqaning birinchi kunida rapira qurolida gʻolib va sovrindorlar aniqlab olindi. Shohsupaga koʻtarilgan sportchilar bilan tanishing:

Qizlar:
1 Sofiya Aktayeva (Qozogʻiston);
2 Durdona Mamadaminjonova (Oʻzbekiston);
3 Alau Mukanova (Qozogʻiston);
3 Sabina Adashaliyeva (Oʻzbekiston).

Yigitlar:
1 Jamoliddin Maripjonov (Oʻzbekiston);
2 Boburjon Tojiddinov (Oʻzbekiston);
3 Yevgeniy Tokanov (Qozogʻiston);
3 Alimirzo Mirzayev (Oʻzbekiston).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер