Qilichbozlik: terma jamoamiz aʼzosi oltin medalni qoʻlga kiritdi
Qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi bosqichining birinchi kun bellashuvlari yakunlandi. Quvonarlisi, unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Fernanda Errera oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Hamyurtimiz murosasiz kechgan final bellashuvida xalqaro neytral sportchi (XNS) Aleksandra Mixaylovani 15:12 hisobida magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.
Shuningdek, yarim finalgacha yetib kelgan terma jamoamizning yana bir aʼzosi Samira Shokirova bronza medali bilan taqdirlandi.
— Fernanda Errera (Oʻzbekiston)
— Aleksandra Mixaylova (XNS)
— Samira Shokirova (Oʻzbekiston)
— Evelina Popova (XNS).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring