Qiymati 6,9 million dollar boʻlgan “Buxoro madaniyati va tarixi muzeyi” quriladi

16:10 06 Yanvar 2021 Jamiyat
978 0

“Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar – joylar markazi hududida umumiy qiymati 6,9 million AQSH dollari boʻlgan “Buxoro madaniyati va tarixi muzeyi” barpo etiladi.

 Joriy yilda qurilishi boshlanadigan inshootning umumiy maydoni toʻqqiz ming metr kvadratdan ziyod. U sharqona usulda gumbazsimon quriladi.Tarixiy obidalar koʻrinishini eslatuvchi muzeyda vohadagi arxeologik qazishmalar chogʻida topilgan qadimiy osori atiqalar, nodir buyumlar, xalq amaliy sanʼati namunalari jamuljam boʻladi. Shahar mehmonlari, xorijiy sayyohlar uchun bu yerda Buxoroning boy tarixi, tabiati, milliy urf- odat va anʼanalarni oʻzida aks ettirgan 120 mingdan ziyod eksponat bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.Anjumanlar zali, fitobar, kutish zali va boshqa servis shoxobchalari muzeyga tashrif buyuruvchilarning vaqtni mazmunli oʻtkazishlariga xizmat qiladi.

Maʼlumot tariqasida aytish joizki, “Bukhara City” markazi respublika Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-iyundagi tegishli qarori asosida bunyod etilyapti.Uning umumiy maydoni 83 gektardan iborat.

Istam IBROHIMOV,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер