Qiymati 672,9 mln AQSH dollarlik meva-sabzavotlar eksport qilingan
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 1,1 mln tonna meva- sabzavotlar eksportini amalga oshirgan.
Bu koʻrsatgich 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobarga yoki 153,8 ming tonnaga koʻpaygan.
Oʻzbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (41,8 %), Pokiston (14,6 %), Qozogʻiston (12,0 %) hamda Qirgʻiz Respubliakasi (9,1 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.
2023-yilning yanvar-iyul oylarida xorijga qiymati 672,9 mln AQSH dollarlik meva-sabzavotlar eksport qilindi. Bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 22,4 % ga koʻpaydi va jami eksportdagi ulushi 4,5 % ni tashkil etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring